Kurs oxirida siz o‘z kompaniyangiz yoki mijozingiz uchun byudjeti, KPI’lari va oyma-oy harakat rejasi bilan tayyor strategiyani himoya qilasiz.
1-oqim uchun faqat 3 ta joy qoldi.
Men ishlagan kompaniyalar
Muammo
Siz marketolog bo‘lib ishlaysiz, lekin aslida kuningiz shunday o‘tadi:
Rahbar «ertaga aksiya qilamiz» deydi, siz esa olovni o‘chirasiz
Ishingizni «post joylash» va «target qo‘yish» deb o‘ylashadi
Byudjet so‘rasangiz, «bu pul nimaga kerak, natijasi qani?» degan savolga javob topolmaysiz
Reklamaga pul ketyapti, lekin qaysi kanal sotuv olib kelayotganini aniq bilmaysiz
«Strategiya yozib ber» deyishsa, qayerdan boshlashni bilmay, internetdan shablon qidirasiz
Malakangiz bor, lekin maoshingiz ijrochi darajasida qolib ketgan
Nega shunday bo‘lyapti?
Muammo sizda emas. O‘zbekistondagi marketologlarning aksariyati bir xil xatolarni qiladi:
Strategiyasiz taktikaga sakrashadi: avval kontent, keyin «nima uchun?»
Bozor, raqobatchilar va mijozni tahlil qilmasdan qaror qabul qilishadi
Byudjetni raqamlar bilan asoslay olmaydi, shuning uchun uni berishmaydi
KPI qo‘ymaydi, shuning uchun natijani isbotlay olmaydi
Xorijiy shablonlarni ko‘chiradi, ular mahalliy bozorda ishlamaydi
Natija: siz strateg emas, buyruq bajaruvchi bo‘lib qolasiz. Har qanday ishda esa birinchi bo‘lib ijrochi almashtiriladi.
Kompaniyangiz uchun yozilgan, raqamlarga asoslangan marketing strategiyasi
12 oylik oyma-oy marketing rejasi: qachon, qaysi kanalda, qancha byudjet bilan, qanday natija kutiladi
Har bir so‘mni asoslab beradigan byudjet jadvali
Natijangizni rahbarga raqamlarda ko‘rsatadigan KPI tizimi
Rejani ishonchli himoya qilish uchun tayyor prezentatsiya
Hayotingizda nima o‘zgaradi?
Rahbar sizni ijrochi emas, biznes sherigi sifatida ko‘radi.
Strateg darajasidagi marketolog ijrochidan 2–3 baravar ko‘p oladi. Maosh oshirishni so‘rashga asos paydo bo‘ladi.
Har kuni olov o‘chirish o‘rniga, aniq reja bo‘yicha ishlaysiz.
Shu ko‘nikma bilan bir nechta mijozga konsalting ham qila olasiz.
Taklif
Kurs nazariya emas: har bir bosqichdan keyin siz o‘z rejangizning bir qismini tayyorlaysiz. 30-kunda qo‘lingizda to‘liq hujjat bo‘ladi.
Biznes maqsadlarini marketing maqsadlariga aylantirish. Bozor va raqobatchilar tahlili. Joriy marketing auditi: nima ishlayapti, nima pul yeyapti.
Mijozlar segmentatsiyasi va ideal mijoz portreti. Pozitsiyalash va asosiy xabar. Marketing mix.
Kanallarni tanlash va yillik kalendar. Byudjetni hisoblash va asoslash. KPI va hisobot tizimi.
Rejani rahbarga taqdim etish va e’tirozlar bilan ishlash. Jamoa va pudratchilarga topshirish. Natijani kuzatish va choraklik yangilash.
Telegramda javob beraman.
Kurs bilan birga
Bular kursning qo‘shimchasi emas — ishingizda har kuni ishlatadigan vositalar.
Bo‘sh varaqdan boshlamaysiz.
Raqamni o‘zi hisoblab beradi.
Har bir instrument uchun tayyor shakl.
Har modulga vazifa va checklist.
228 ta termin — qo‘l ostingizda.
Slaydni noldan yasamaysiz.
Loyihasini himoya qilganlarga beraman.
Kurator emas — o‘zim yo‘nalish beraman.
Har hafta bittadan — savol-javob.
Nega bu ishlaydi
Men katta kompaniyalarga marketing strategiyasini aynan shu tizim bo‘yicha tuzib beraman. Siz ham xuddi shu yo‘ldan borasiz — faqat o‘z biznesingiz raqamlari bilan.
Har bir modul nazariya bilan emas, rejangizning bir qismi bilan tugaydi. 30-kunda ular bitta hujjatga yig‘iladi.
Uyga vazifalarni shaxsan o‘zim tekshiraman va yo‘nalish beraman.
4 ta jonli Zoom uchrashuv — har hafta bittadan. Savollaringizga javob beraman va ishingizni birga ko‘rib chiqamiz.
Metodika har qanday sohada ishlaydi — mahsulot, xizmat, B2B yoki B2C. Xorijiy shablonning tarjimasi emas, mahalliy bozorda sinalgan.
Bitta shart bor: vazifalar o‘z vaqtida topshiriladi. Topshirmagan odamda reja ham chiqmaydi — bu har qanday kursda shunday.
Nega aynan hozir
Hozir noyabr. Savol oddiy: 2027-yil uchun rejangiz bormi? Byudjet qancha, qaysi oyda qaysi kampaniya, qanday KPI — bular yanvarda emas, dekabrda tasdiqlanadi.
Yanvarda boshlasangiz: birinchi chorak o‘tib ketadi, byudjet allaqachon taqsimlangan, siz esa «keyingi oyda» deb yurasiz.
22-noyabrda boshlasangiz: dekabr oxirida reja tayyor. Yangi yilga tasdiqlangan byudjet va aniq kalendar bilan kirasiz.
22-noyabr. Yozilish shu kungacha ochiq — keyin guruh yopiladi.
Har bir o‘quvchining rejasini shaxsan tekshiraman. 1-oqimga atigi bir nechta kishi qabul qilinadi — hozir 3 ta joy qoldi.
Kurs loyiha himoyasi bilan tugaydi. Sertifikat faqat himoya qilganlarga.
Ro‘yxatdan o‘tish
Ma‘lumotlaringizni qoldiring — o‘zim qo‘ng‘iroq qilib, kurs sizga mos keladimi, birga aniqlaymiz.
Qaror